» » Yodgor Mirzajonov - Shamollar
Yodgor Mirzajonov

Yodgor Mirzajonov - Shamollar (Qo'shiq Matni, Text, Lyric)

Oh shamollar, erka shamollar,
Sizga aytar arazlar bisyor.
Yetkazinglar mehribonimga,
Qalbimda bir og'ir dardim bor.

Oh shamollar, erka shamollar,
Ayting aziz onamga borib,
Shoir bo'lar sizning bolangiz,
So'z izlaydi tunlar axtarib.

Oh shamollar, erka shamollar,
Ayting, gina qilmasin akam.
Ko'pdan beri xabar olmadi,
Qaltis xato qildimmikan-a?

Oh shamollar, erka shamollar,
Bolalikning o'tgan ellarida.
Balki yilda bir-bor kelarmi
Qaytib eski o'tgan yillarga.

Oh shamollar, erka shamollar,
Men sizlarni quchib qolaman.
Qo'lga olib qog'oz-qalamni,
Maysalardan ilhom olaman.

Oh shamollar, erka shamollar,
Ayting aziz onamga borib,
Shoir bo'lar sizning bolangiz,
So'z izlaydi tunlar axtarib.

Клип на песню Yodgor Mirzajonov - Shamollar HD