» » Vohidjon Isoqov - Ota
Vohidjon Isoqov

Vohidjon Isoqov - Ota (Qo'shiq Matni, Text, Lyric)

Ota qoni bo'lar yigit qonida,
Ota bo'lsin doim yigit yonida.
Gulzorida bulbul sayrar, bog'ida,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}

Otang bo'lsa, ko'kka yetar bo'ylaring,
Duo qilsa, yaxshi otar to'ylaring.
Baxt, shodlikka to'lib ketar uylaring,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}

Mehr berar doim o'g'il-qizingga,
Otalar mard, rost gapirar yuzingga. (x2)
Yomonni hech yondoshtirmas izingga,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}

Ota rozi – Xudo rozi deganidir,
Otasi yo'q kimlardir g'am yegandir.
Umr bersin qodir Xudo Egamdir,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}

Ota qoni bo'lar yigit qonida,
Ota bo'lsin doim yigit yonida.
Gulzorida bulbul sayrar, bog'ida,
Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}

Otang hayot bo'lsa, baxtim bor degin. {x2}

Клип на песню Vohidjon Isoqov - Ota HD