» » Xurshid Rasulov - Do'st
Xurshid Rasulov

Xurshid Rasulov - Do’st (Qo'shiq Matni, Text, Lyric)

Ruhimga shom cho'kib, barg uzilganda, {x2}
Turnalar munchoqdek saf tizilganda,
Bir dardkash topolmay, dil ezilganda
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st.

Gulzor ko'p-u, lekin gul topilmaydi,
Dildor ko'p-u, ammo dil topilmaydi.
Do'sti yo'q yetimga yo'l topilmaydi,
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st.

Yolg'izlik yo'llari o'tilgan azal, {x2}
Yurak qoni bilan bitilgan g'azal.
Goho tug'ishgandan tutingan afzal, {x2}
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st. {x2}

Do'st deb tutganlarim ulfat bo'ldilar,
Rizqimga chang solgan kalhat bo'ldilar.
Boshimda aylanib, kulfat bo'ldilar,
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st.

Foyda dastgohida loy bo'laman der,
Oyog'i qaltirab, boy bo'laman der.
Boy bo'lsa, endi xudoy bo'laman der,
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st. {x2}

Kek saqlash yomon ham alomat dedim,
Mayli, o'tgan ishga salovat dedim,
Jo'ra, borgin endi salomat dedim,
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st.

Quyosh bor oylardan kulib o'taman,
Yov otgan yoylardan kulib o'taman,
Ichimda do'stsizdan kulib o'taman,
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st. {x2}

Biz ko'kka yetaylik, osmon tushmasin,
Yomg'irga aylanib shayton tushmasin,
Do'stim, o'rtamizga yolg'on tushmasin,
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st. {x2}

Ko'zim yetgan joyga so'zim yetadi,
Zo'r hofiz bo'laman, ko'zim yetadi,
Men yetmagan baxtga do'stim yetadi,
Men seni Xudodan tilab oldim, do'st,
Gohida pinhona yig'lab oldim, do'st. {x3}

Клип на песню Xurshid Rasulov - Do’st HD