» » VIA Major - Dushanba
VIA Major

VIA Major - Dushanba (Qo'shiq Matni, Text, Lyric)

Bu qizning xabari yo'q,
Yonidan o'tib qaytaman,
Nega meni payqamaydi?
Cham-cham, cham-cham, chamasi
O'n birdan beri yonidaman.

U bola, bu bola tobora bora-bora
Haddidan oshdi, nima qilay?
Bechora, bechora meni deb ovora,
Gullarni oldim, nima qilay?

Iltimos, dushanba kuni ko'rishaylik.

Du-du-du, dushanba kuni,
Ko'rishamiz nega deding?
Seshanba, chorshanba, payshanba kuni
Ko'rishamiz, vaqtim bor o'sha kuni. (x2)

U bolaning xabari yo'q,
Bitta mahallada turamiz,
Lekin eslolmaydi.
Kam-kam, kam-kam, kamida
O'n marta ismimni so'raydi.

Shu qizni, shu qizni, lablari qirmizni
Sevib qoldim man, netay?
Ovora, ovora, yuragim ovora,
Keting dema, qayga ketay?

Du-du-du, dushanba kuni,
Ko'rishamiz nega deding?
Seshanba, chorshanba, payshanba kuni
Ko'rishamiz, vaqtim bor o'sha kuni. (x2)

Asalim, deb edi xo'p,
U desam, bu deydi, xo'p desam yo'q deydi.
Kamida kam, kam-kam, mehrini kam deydi.
Do-do, do-do, do-do, mahallada dov-dov,
Stop, bo'ldi endi qo'y, gapirmagin jim de!

U bola, bu bola tobora bora-bora
Haddidan oshdi, nima qilay?
Bechora, bechora meni deb ovora,
Gullarni oldim, nima qilay?

Du-du-du, dushanba kuni,
Ko'rishamiz nega deding?
Seshanba, chorshanba, payshanba kuni
Ko'rishamiz, vaqtim bor o'sha kuni. (x2)

Клип на песню VIA Major - Dushanba HD